Britaniya O‘zbekiston metallurgiya sohasiga investitsiya kiritishga qiziqish bildirmoqda
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Tog‘-kon metallurgiya va geologiya vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimining britaniyalik maslahatchisi Peter Margets o‘rtasida muzokaralar tashkil etildi.
Suhbat davomida Peter Margets Buyuk Britaniyadagi kompaniyalar O‘zbekistonda qazib olinadigan yerosti boyliklariga, jumladan mavjud va istiqbolli konlar bilan aloqalarni o‘rnatish va o‘z sarmoyalarini kiritishga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi.

Britaniyalik maslahatchi Qashqadaryo viloyatida yangi kon barpo etish borasida qo‘shma harakatlarni olib borish, britan investorlarini jalb qilishda amaliy ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
Muzokaralar yakunida tomonlar ushbu sohada Buyuk Britaniya kompaniyalari ishtirokida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishishdi.
Mavzuga oid

15:06 / 16.04.2025
Britaniya Huquqshunoslik universiteti O‘zbekistonda o‘z kampusini tashkil etishi mumkin

12:47 / 09.04.2025
Britaniyaning yirik investitsiyaviy holdingi O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi

12:05 / 07.04.2025
Telegraph: Britaniya suvlarida Rossiyaning josuslik datchiklari topildi

10:43 / 29.03.2025