Organ xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlanmoqda
Prezident imzolagan qonun bilan, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlandi. Bundan tashqari, ularga qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan o‘z xizmat mavqeyi bilan bog‘liq holda foydalanish man etildi.

Foto: Kun.uz
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonun bilan O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmatni o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Jumladan, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga, o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olishga, qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan o‘z xizmat mavqeyi bilan bog‘liq holda foydalanishga doir taqiqlar belgilanmoqda.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga oid

14:26 / 29.04.2025
Soliq kodeksiga tadbirkorlarni qo‘llashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritilmoqda

10:20 / 23.04.2025
6 oy davomida auksionda ijaraga berilmagan obektlarning boshlang‘ich narxi 50 foiz pasaytiriladi

10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

19:19 / 25.03.2025