O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari iyundan beri birinchi marta kamaydi
Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, rasmiy zaxira aktivlari 1 dekabr holatiga 41,47 milliard dollarni tashkil etgan.

Foto: Chalinee Thirasupa/Bloomberg
O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 1 dekabr holatiga 41,47 milliard dollarni (-3,9 foiz) tashkil etib, noyabr oyida 1,67 milliard dollarga kamaydi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarda so‘z boradi.
Markaziy bank zaxiralari ketma-ket to‘rt oydan keyin birinchi marta pasaydi: iyul oyida ular 1,06 milliard dollarga, avgustda — 1,75 milliard dollarga, sentabrda — 1,98 milliard dollarga va oktyabrda 2 milliard dollarga oshgandi.
O‘tgan oyda xorijiy valuta zaxiralari 1,04 milliard dollarga kamaydi — 9,22 milliard dollardan 8,18 milliard dollargacha. Zaxiralardagi oltinning fizik hajmi 12,3 million troya unsiyasini tashkil etmoqda (382,3 tonna). Oltin zaxirasining qiymati rekord darajadagi 33,36 milliard dollardan 32,7 milliard dollargacha, ya’ni 623 million dollarga kamaydi. Bunga noyabr oyida oltin narxi 2,6 foizga pasayib, bir troya unsiyasi uchun 2721 dollardan 2651 dollargacha tushgani sabab bo‘ldi.
Avvalroq O‘zbekiston oltin ishlab chiqaruvchi davlatlarning yetakchi o‘ntaligiga kirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Jahon oltin kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zbekistonda 119,6 tonna oltin ishlab chiqarilgan.
Mavzuga oid

12:24 / 24.04.2025
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

16:34 / 18.04.2025
Markaziy bank Telegram orqali tarqalayotgan firibgarlikdan ogohlantirdi

18:42 / 07.04.2025
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qariyb 48 mlrd dollarga yetdi

17:09 / 05.04.2025