2025 yil turistik mavsumida Rossiyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimi oshiriladi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasida Sverdlovsk viloyatidagi "Katur-avia" va "Zagranturne" turkompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot avvalida bosh konsul Jahongir Parmanov O‘zbekistonda turizm sohasida olib borilayotgan islohotlar, yaratilgan infratuzilma, sayyohlik yo‘nalishlari haqida so‘zlab berdi. Rossiya vakillari uchun O‘zbekiston turizmi salohiyatiga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish etildi.
Turkompaniyalar rahbarlari O‘zbekiston bugungi kunda rossiyalik turistlar uchun eng jozibali manzillaridan biri bo‘lib qolayotganini, yaratilgan va kun sayin yaxshilanib borayotgan infrastruktura xorijiy turistlarni jalb qilishda asosiy omil bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladilar.
Muloqot chog‘ida, shuningdek, 2025 yil turistik mavsumida Rossiyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan bir qator takliflar ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025