AQSh birinchi marta Dark Eagle gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
Raketa soatiga 6 ming kilometrdan ortiq tezlikda 3 ming kilometrgacha masofani bosib o‘tishi mumkin.

Foto: defense.gov
AQSh harbiy kuchlari 12 dekabr kuni Dark Eagle nomi bilan tanilgan uzoq masofali gipertovushli raketani (Long Range Hypersonic Weapon, LRHW) muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Pentagon xabariga ko‘ra, raketa Floridaning Kanaveral burunidagi kosmodromdan uchirildi.
Dark Eagle Lockheed Martin korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. U keng ko‘lamli zarba berish va mustahkam mudofaa chiziqlarini yorib o‘tish qobiliyatiga ega. Raketa 6 ming kilometr/soatdan ortiq tezlikda 3 ming kilometrgacha masofani bosib o‘tishi mumkin.
Bitta qurilmaning narxi 41 million dollar turadi.
LRHW AQShning gipertovushli qurol yaratish strategiyasining bir qismidir. Mamlakat 2020 yilda O‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalardan voz kechish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqib ketgandi. Mazkur shartnomaga a’zo davlatlarga 500 kilometrdan 5,5 ming kilometrgacha bo‘lgan masofaga uchuvchi ballistik va qanotli raketalarga ega bo‘lish taqiqlanadi.
Noyabr oyi o‘rtalarida Hindiston o‘zining birinchi uzoq masofali gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgandi. Raketa har xil turdagi jangovar kallaklarni 1500 km masofaga yetkazishga qodir.
Mavzuga oid

23:15 / 11.06.2025
Tramp 9 ming noqonuniy migrantni Guantanamo qamoqxonasiga yubormoqchi

18:01 / 11.06.2025
Pentagon rahbari Ukrainaga yordam budjeti qisqartirilishini e’lon qildi

17:26 / 11.06.2025
Mask Tramp haqidagi ayrim postlari uchun uzr so‘radi

12:00 / 11.06.2025