Raqobat qo‘mitasi Yandex Go’ni ogohlantirdi
Bunga platformada narxlarning keskin oshgani sabab bo‘lgan. Qonunchilikka ko‘ra, monopol kompaniyaning yuqori narx belgilashi taqiqlangan.

Foto: Yandex Go
Bugungi kunda Yandex Go platformasida taksida yo‘lovchi tashish xizmatlari narxlarining oshishi kuzatilgan. Ushbu holat yuzasidan iste’molchilardan Raqobat qo‘mitasiga murojaatlar kelib tushgan.
Mazkur holatlar yuzasidan platformaning dekabr oyidagi dastlabki 10 kunlik xizmat narxlari monitoring qilinganda narxlar dinamikasida keskin o‘zgarish kuzatilganligi aniqlangan.
“Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga asosan, ustun mavqega ega deb e’tirof etilgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektning ustun mavqeini suiiste’mol qilish, xususan monopol yuqori narx belgilash taqiqlanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Raqobat qo‘mitasi “YandexGo UB” MChJni taksida yo‘lovchi tashish xizmatlari narxlarini pasaytirish bo‘yicha chora ko‘rish hamda platforma narx algoritmini qayta ko‘rib chiqishi bo‘yicha ogohlantirdi.
Mavzuga oid

19:00 / 24.06.2025
Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

18:27 / 21.06.2025
Chakana savdoda chegirma berish va aksiya o‘tkazish qoidalari belgilanishi mumkin

11:13 / 20.06.2025
Raqobat qo‘mitasi konsalting firmalardan ogoh bo‘lishga chaqirdi

15:59 / 18.06.2025