Misr O‘zbekistonga gepatitga qarshi dorilar yetkazishni qayta yo‘lga qo‘ydi
Ushbu sakkizinchi partiyadagi yordam umumiy 30 dona qutilarda 7200 dona dori vositalarini o‘z ichiga oladi.

Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston prezidentining S gepatiti kasalligini 100 foiz davolash bo‘yicha tashabbusi ijrosi doirasida 14 dekabr kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan "S" gepatitiga qarshi dori vositasini Sharm al-Shayxdan Toshkentga yetkazish jarayonini qayta yo‘lga qo‘ydi.
Ushbu sakkizinchi partiyadagi yordam umumiy 30 dona qutilarda 7200 dona dori vositalarini o‘z ichiga oladi.
Dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.
O‘zbekiston elchixonasi xabariga ko‘ra, Misr hukumati tomonidan umumiy qiymati 4,2 million AQSh dollariga teng bo‘lgan jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) S va V gepatitiga qarshi dori vositalarining beg‘araz grant yordam sifatida O‘zbekistonga berilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Hozirga qadar vazni 13,4 tonna, umumiy qiymati 1461 ming dollarga teng bo‘lgan mazkur dori vositalari mamlakatga bosqichma-bosqich yuborildi.
Mavzuga oid

21:04 / 09.06.2025
Misr gepatitga qarshi dori vositalarining navbatdagi partiyasini O‘zbekistonga yubordi

15:50 / 08.06.2025
O‘zbekistonda dorilar Qozog‘istonga qaraganda qimmat – farmatsevtika bozoriga qanday omillar ta’sir qilyapti?

10:06 / 07.06.2025
Toshkent va Surxondaryoda kuchli ta’sirga ega dorilarni sotayotganlar ushlandi

12:10 / 05.06.2025