Abduqodir Husanov - CIES talqiniga ko‘ra 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida eng yaxshi markaziy himoyachi
Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) turli pozitsiyalar bo‘yicha 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.

Foto: Getty Images
Himoyaviy harakatlar borasida Abduqodir Husanov eng yaxshi markaziy himoyachi deb topildi. Fransiyaning «Lans» klubida o‘ynayotgan o‘zbekistonlik futbolchi 100 ballik tizimda 81,8 ball qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi pog‘onani «Fiorentina» a’zosi Piyetro Komuzzo egallagan bo‘lsa, «Genk» himoyachisi Matte Smets uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.
21 yoshgacha bo‘lgan universal, ya’ni hujum boshlashda ham yaxshi bo‘lgan markaziy himoyachilar reytingida esa «Barselona» a’zosi Pau Kubarsi birinchi bo‘ldi. Uchlikdan «Bryugge»dan Joel Ordonez va «Anderlext»dan Yan-Karlo Simich o‘rin oldi.
Mavzuga oid

18:17 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar

10:00 / 01.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?

21:08 / 28.03.2025
Tehron endi qo‘rqinchli emas. O‘zbekistonni mundialga yaqinlashtirgan o‘yin haqida

00:15 / 22.03.2025