Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburgga bordi. O‘zbekiston prezidenti MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi va YeOII yig‘ilishida ishtirok etadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga bordi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
«Pulkovo» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston prezidenti gubernator hamrohligida Isaakiy maydonida piyoda sayr qildi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston yetakchisi 25-26 dekabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi hamda Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 7–8 oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahriga tashrif buyurib, MDH davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etgan edi.
Mavzuga oid

19:55
Sankt-Peterburgdan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan aviareys kechiktiriladi

18:19 / 04.06.2025
Sankt-Peterburgdagi reydda 200 nafardan ortiq migrant qo‘lga olindi

15:08 / 24.03.2025
Rossiyaning madaniy poytaxti – Sankt-Peterburg bo‘ylab fotosayohat

11:10 / 18.03.2025