Sun’iy intellekt diabet rivojlanish xavfini o‘nlab yillar oldin aniqlashga yordam beradi
Buyuk Britaniyada 2-toifa qandli diabetni aniqlashda sun’iy intellekt dasturi sinab ko‘rildi. U bemordagi kasallikni 70 foiz aniqlikda topishga qodir.

Foto: Getty Images
Sun’iy intellektga asoslangan dastur 2-toifa qandli diabet kasalligini uning birinchi alomatlari paydo bo‘lishidan o‘n yil oldin aniqlashi mumkin. Buyuk Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash xizmati mazkur texnologiyani 2025 yilda sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi The Guardian.
Qayd etilishicha, sun’iy intellekt yurak ustida o‘tkazilgan standart tekshiruvlar natijasida olingan elektrokardiogramma ma’lumotlarini tahlil qiladi va inson ko‘zi payqay olmaydigan minimal o‘zgarishlarni aniqlaydi.
Ushbu o‘zgarishlar 2-toifa qandli diabetni paydo bo‘lishidan 13 yil oldin aniqlashga xizmat qiladi va bu o‘z navbatida kerakli profilaktik choralar ko‘rish imkonini beradi. Yaqin yillarda texnologiya Britaniya sog‘liqni saqlash tizimiga integratsiya qilinishi kutilmoqda.
Sun’iy intellekt kasalxonalar arxivlaridagi 1,2 millionta elektrokardiogramma natijalari yordamida o‘rgatilgan. Shuningdek, Britaniya biobanklaridagi ma’lumotlardan, jumladan, genetik axborot va 500 mingdan ziyod insonning tibbiy qaydlaridan ham foydalanilgan.
Dastlabki sinovlar dastur kasallik xavfini bemor jinsi, etnik kelib chiqishi yoki ijtimoiy holatidan qat’i nazar 70 foiz aniqlikda topishini ko‘rsatgan. Yosh va arterial bosimga oid ma’lumotlar qo‘shilgudek bo‘lsa, model aniqligi sezilarli darajada oshadi.
Mavzuga oid

19:33 / 14.05.2025
Britaniyada 38 yil qamoqda nohaq o‘tirgan erkak oqlandi

23:00 / 12.05.2025
Britaniya bosh vazirining uyida yong‘in chiqdi - The Times

19:47 / 12.05.2025
Buyuk Britaniya migrantlarni qabul qilish qoidalarini kuchaytirmoqchi

14:24 / 12.05.2025