Avstraliyada maktab bitiruvchilariga atom suvosti kemasidan ish taklif qilinmoqda
Avstraliya harbiy-dengiz kuchlari atom suvosti kemasida xizmat qilishni istaganlarga 120 ming Avstraliya dollari miqdorida maosh taklif qilmoqda. Talabgorlardan hech qanday tajriba so‘ralmaydi.

Foto: Avstraliya mudofaa kuchlari
Seek veb-saytida e’lon qilingan ish taklifi maktab bitiruvchilari, talabalar va har qanday kasb egalariga atom suv osti kemasida xizmat qiluvchi ofitser lavozimi uchun ariza topshirishni tavsiya etadi.
To‘liq ish kuni uchun 100 mingdan 120 ming Avstraliya dollarigacha (62 mingdan 75 ming AQSh dollarigacha) maosh taklif etiladi. Ish joyi Melburn shahrida joylashgan.
Harbiy dengiz kuchlarining atom suvosti kemalari ofitserlari kemani boshqarish, yadro reaktorlarini ishlatish va kemani taktik joylashtirish kabi vazifalarni bajaradi.
The Guardian yozishicha, yangi kelganlar avvaliga stajyor sifatida qabul qilinadi, ammo Avstraliya Mudofaa vazirligi vakillari keyinchalik ularga kemani boshqarish huquqi berilishini va’da qilmoqda. Ofitser bo‘lish va unvon olishdan oldin nomzodlar AQShda tayyorgarlik kurslaridan o‘tishi kerak bo‘ladi. Bunga 12 oy ketadi. Shundan so‘ng ular amaliy ko‘nikmalarni egallash uchun dengiz suvosti kemasiga yuboriladi.
Iyun oyida Avstraliya qo‘shin safini kengaytirish maqsadida chet ellik fuqarolarni jalb qilish orqali armiyaga qabulni kengaytirganini e’lon qildi. Avstraliya armiyasiga qo‘shilish huquqi Five Eyes (Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya va AQShni o‘z ichiga olgan razvedka alyansi) mamlakatlaridan kelgan va Avstraliyada doimiy yashaydigan fuqarolarga beriladi.
Mavzuga oid

21:25 / 28.04.2025
Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi

21:02 / 28.04.2025
Avstraliyadagi radiostansiya yarim yil davomida SI-boshlovchidan foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi

01:16 / 24.04.2025
Avstraliyada yuzlab koalalar vertolyotdan turib o‘qqa tutildi

19:41 / 18.04.2025