Toshkentda 316 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Toshkent shahrida o‘zboshimchalik bilan 316,5 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

«O‘zenergoinspeksiya» Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan nazorat tadbiri o‘tkazilgan.
Unda, Yunusobod tumanida joylashgan ko‘p qavatli turar joy binosida fuqaro M.X. ga qarashli binoning noturar qismida gaz ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, o‘zboshimchalik bilan 2 dona ikki konturli isitish jihozlaridan noqonuniy ravishda tabiiy gazdan foydalanilganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra davlat manfaatlariga 316,5 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Mavzuga oid

07:30 / 21.04.2025
Toshkentda ilk jamoatchilik yashil parki ochiladi

12:53 / 17.04.2025
Xitoy Rossiyaning yana bir loyihasini rad etdi

11:18 / 17.04.2025
5,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metall eritish sexi aniqlandi

22:28 / 16.04.2025