AQShning 39-prezidenti Jimmi Karter vafot etdi
Jimmi Karter 100 yoshda edi. U shunday keksa yoshgacha hayot kechirgan AQShning yagona sobiq prezidenti edi.

Foto: Dale Zanine-USA TODAY Spors/Reuters
AQShning sobiq prezidenti, Jorjiya shtati sobiq gubernatori, 1977—1981 yillarda mamlakat rahbari bo‘lib ishlagan Jimmi Karter Qo‘shma Shtatlarda vafot etdi. Bu haqda 29 dekabr, yakshanba kuni siyosatchining o‘g‘li Jyeyms Erl Karterga tayangan holda The Washington Post gazetasi xabar berdi.
Vetnam urushidan «qochganlar» uchun amnistiya e’lon qilgani va Isroil va Misr o‘rtasidagi Kemp-Devid kelishuvlarini tuzish jarayonida ishtirok etgani, shuningdek, SSSR bilan strategik qurollarni cheklash to‘g‘risidagi shartnoma imzolagani bilan mashhur siyosatchi Jorjiya shtatining Pleyns shahridagi o‘z uyida vafot etdi. O‘limi vaqtida Karter 100 yoshda edi — u shu yoshga qadar yashagan birinchi AQSh prezidenti bo‘ldi.
Karter, shuningdek, prezidentlikdan keyingi inson huquqlari va insonparvarlik faoliyati bilan ham tanilgan. 2002 yilda u «dunyodagi mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan sa’y-harakatlari uchun» tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Mavzuga oid

16:47
Hali kech emas – Tramp Eronni yadroviy bitim tuzishga chaqirdi

13:59
AQSh nodavlat tashkiloti HAMASni o‘z xodimlarini o‘ldirishda aybladi

09:34
«Ozodlik radiosi»ning dasturlari translatsiyasi to‘xtatildi

23:40 / 12.06.2025