G‘ayrat Do‘stov ustidan apellyatsiya sudida uning tobi qochgani sabab tanaffus e’lon qilindi

Foto: Kun.uz
Metan-shoxobchadagi murojaati ortidan mayda bezorilikda ayblanib 26 dekabr kuni 15 sutkaga qamalgan Damas haydovchisi G‘ayrat Do‘stov ustidan bugun, 3 yanvar kuni apellyatsiya sudi bo‘lib o‘tmoqda.
Kun.uz muxbirining Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovga asoslanib xabar berishicha, avvaliga sud Do‘stovning ishtirokisiz boshlangan, advokatlarning talabidan keyingina uni sudga olib kelishgan.
Lekin sud protsessida javobgarning tobi qochgani sabab, sudya ishni ko‘rishda tanaffus e’lon qildi.
UPD. Oradan ma’lum vaqt o‘tib, Do‘stov o‘ziga keldi va sud jarayoni davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

10:21 / 08.06.2025
Orzudagi mundial yo‘llanmasi va qonun ustuvorligida pasayish - hafta dayjesti

17:39 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi

15:13 / 02.06.2025
“Afrikaning ayrim mamlakatlaridan ham orqadamiz” - senator odil sudlov masalasida

18:37 / 29.05.2025