Samarqandda 1,33 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi
Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilingan. Barcha daliliy ashyo va hujjatlar huquq-tartibot organlariga topshirilgan.

Samarqand viloyati Toyloq tumani «Qo‘rg‘oncha» MFYda joylashgan oilaviy korxonalardan biri tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi, deb xabar beradi «Hududgazta’minot» matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, «Hududgaz Samarqand» GTF komplayens nazorat tuzilmalari, «Toyloqtumangaz» GTB, Bosh prokuratura huzuridagi departament, «O‘zenergoinspeksiya» va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida reyd tadbirlari o‘tkazilgan.
Tadbir davomida aniqlanishicha, oilaviy korxona (novvoyxona) egalari yashirin yo‘l bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, undan noqonuniy foydalanib kelgan. Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilingan va yetkazilgan zarar 1,329 milliard so‘m miqdorida hisoblangan.
Barcha daliliy ashyo va hujjatlar huquq-tartibot organlariga topshirilgan.
Dekabr o‘rtalarida Namangan shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchasi 3 milliard so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘lgan, ushbu shoxobchaga egalik qiluvchi MChJ mas’ullariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Mavzuga oid

16:58
Samarqanddagi Tillakori madrasasi restavratsiya qilinadi

13:42 / 07.06.2025
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi bo‘lib o‘tadi

16:44 / 04.06.2025
Samarqandda 19 nafar hokim yordamchisi jinoiy javobgarlikka tortildi

00:17 / 04.06.2025