Tuman O‘zbekistondagi uchta aeroport faoliyatini cheklab qo‘ydi
Nukus, Urganch va Farg‘ona aeroportlarini erta tongdan quyuq tuman qopladi. Aeroportlarda noqulay ob-havo sharoiti tufayli havo kemalarini qabul qilish va uchirilishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.

Foto: Uzbekistan Airports
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Sankt-Peterburg – Urganch yo‘nalishi bo‘yicha HY-9638 reysi samolyoti soat 06:04 da Buxorodagi muqobil aerodromga qo‘ndi. Toshkent – Urganch/Urganch – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-51/52 reyslari ham kechiktirildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Toshkentdan Urganchga soat 12:00 ga, qaytish reysi esa soat 14:15 ga ko‘chirildi.
Shuningdek, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent — Nukus yo‘nalishi bo‘yicha HY-11 reysi ham Nukusdagi tuman sabab mahalliy vaqt bilan soat 11:30 ga qoldirildi.
Farg‘ona aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli samolyotlarni qabul qilishga cheklovlar joriy etilgandi. Silk Avia aviakompaniyasining Toshkent — Farg‘ona yo‘nalishidagi US-401 reysi mahalliy vaqt bilan soat 11:20 ga ko‘chirildi. Farg‘ona aeroporti samolyotlarni uchirishga odatdagi rejimda ishlamoqda.
Biroz o‘tib Farg‘ona xalqaro aeroportida samolyotlarni qabul qilishga joriy etilgan cheklovlar olindi. Aeroport odatiy rejimda ishlamoqda.
Mavzuga oid

22:43 / 23.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?

13:26 / 18.04.2025
Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha o‘tkazilgan tender g‘olibi aniqlandi

23:08 / 11.04.2025
Yaponiyadagi sun’iy orollarda joylashgan aeroport dengiz ostiga g‘arq bo‘lishi mumkin

21:00 / 11.04.2025