O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston bosh vazirlari uchrashdi
8 yanvar kuni 3 davlat chegaralari tutashgan nuqtada O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, Qirg‘iziston bosh vaziri Odilbek Qosimaliyev va Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: gov.kg
Ma’lum qilinishicha, uchrashuv davlat chegarasi masalalari bo‘yicha avval erishilgan kelishuvlar doirasida o‘tkazilgan. O‘zbekiston hukumati matbuot xizmatiga ko‘ra, uchrashuv uch mamlakat davlat rahbarlari o‘rtasida hamkorlik va mintaqaviy integratsiyani mustahkamlash maqsadida davlat chegarasi masalalari bo‘yicha avval erishilgan kelishuvlar doirasida o‘tkazildi. Tadbir uch davlat chegarasi tutashgan hududda o‘tkazilgani ham ramziy ma’noga ega.
Bosh vazirlar savdo, logistika, suv-energetika, madaniy-gumanitar aloqalar kabi muhim yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlash uchun mamlakatlar katta salohiyatga ega ekanini ta’kidlagan.
“Ularning fikricha, transchegaraviy va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish hamkorlikning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, bu mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni faollashtirishning harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi”, — deyiladi Qirg‘iziston tomoni tarqatgan xabarda.
Mavzuga oid

23:58 / 24.04.2025
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi

08:57 / 23.04.2025
Qirg‘izistonda Rossiya armiyasiga yollash bilan shug‘ullangan «Russkiy dom» xodimi hibsga olindi

20:30 / 17.04.2025
Qirg‘iziston sobiq prezidentiga sud hukmi o‘qildi

18:56 / 17.04.2025