O‘zbekiston aeroportlari 2024 yilda 13,5 mlndan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi
Bu 2023 yilga nisbatan 30 foizga ko‘p. Xizmat ko‘rsatilgan reyslar soni 33 foizga oshib, 113,6 mingtaga yetdi.

Foto: Uzbekistan Airports
2024 yilda O‘zbekiston aeroportlari 13,503 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi, shundan 11,022 million nafari xalqaro reyslardan, 2,48 millioni esa ichki reyslardan foydalandi. Yo‘lovchi tashish hajmi 2023 yilga (10,409 million) nisbatan 30 foizga o‘sdi.
Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, mamlakat xalqaro aeroportlari tomonidan 113,6 mingdan ortiq reys amalga oshirildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 33 foizga ko‘p. Xalqaro yo‘nalishlarda 80,2 ming, ichki yo‘nalishlarda 33,4 ming reys amalga oshirildi.
O‘tgan yil davomida rezident aviakompaniyalar 73,9 mingdan ortiq reyslarni amalga oshirdi va 8,735 milliondan ortiq yo‘lovchini tashidi. Xorijiy aviakompaniyalar 39,6 mingdan ortiq reyslarni amalga oshirib, 4,767 milliondan ortiq yo‘lovchi tashidi.
Yuk tashish va pochta jo‘natmalari hajmi 12 oyda 87,4 ming tonnadan oshdi, bu o‘tgan yilga (71,3 ming) nisbatan 23 foizga ko‘p.
Yil davomida O‘zbekiston aeroportlariga to‘qqizta yangi aviatashuvchi jalb etildi: World2Fly va IberoJet (ikkisi ham Ispaniyaniki), WizzAir (Vengriya), Batic Air (Malayziya), LOT Polish Airlines (Polsha), Qatar Airways (Qatar), Ajet (Turkiya), TezJet (Qirg‘iziston) va FlyAdeal (Saudiya Arabistoni).
Mavzuga oid

22:43 / 23.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?

13:26 / 18.04.2025
Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha o‘tkazilgan tender g‘olibi aniqlandi

23:08 / 11.04.2025
Yaponiyadagi sun’iy orollarda joylashgan aeroport dengiz ostiga g‘arq bo‘lishi mumkin

21:00 / 11.04.2025