Ilon Mask Los-Anjyeles merini iste’foga chiqishga chaqirdi
Amerikalik biznesmen Los-Anjyeles meri Karen Bassni insonlardan ko‘ra siyosatni ustun qo‘yayotganlikda aybladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mer yong‘indan bir hafta oldin o‘t o‘chiruvchilarning budjetini qisqartirishga uringan.

Foto: Getty Images
Los-Anjyeles meri Karen Bass shahar bo‘ylab davom etayotgan yong‘inlar fonida siyosatni insonlarga yordam berishdan ustun qo‘ymoqda. Bu haqda amerikalik milliarder Ilon Mask o‘zining X ijtimoiy tarmog‘iga yozib qoldirdi.
Shu orqali tadbirkor foydalanuvchilardan birining Bass shaharda aloqani qayta tiklashga yordam berishdan bosh tortgani, chunki «bu Mask bilan bog‘liq bo‘lgani uchun muammoni hal etishdan manfaatdor emasligi» haqidagi postiga izoh berdi.
Ilon Mask Los-Anjyeles meri iste’foga chiqishi kerakligini yozdi.
Daily Mail nashrining xabar berishicha, shaharda yong‘inlar boshlanishidan bir hafta oldin Bass o‘t o‘chiruvchilar budjetini qo‘shimcha 49 million dollarga qiqartirishni talab qilgan — bu o‘z navbatida 16 ta o‘t o‘chirish stansiyasining yopilishiga olib kelishi kerak edi.
Los-Anjyelesda 7 yanvar kuni o‘rmon yong‘inlari boshlandi, birinchi navbatda sohil bo‘yidagi Pasifik-Paliseyd alanga domida qoldi, keyin yana bir necha yong‘in o‘choqlari paydo bo‘ldi. Meteorologlarning fikricha, vaziyat quruq havo va kuchli shamol tufayli keskinlashmoqda, shuningdek, o‘t o‘chirish gidrantlaridagi suv tanqisligi ham alangani to‘xtatishga xalaqit bergan.
Yong‘in 16 ming gektardan ortiq hududga tarqalgan, minglab binolar, jumladan, ko‘plab Hollivud yulduzlarining uylari yonib ketgan. 180 mingga yaqin inson o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan, yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni esa 27 kishiga yetgan (18 kishi bedarak yo‘qolganlar safida). Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inlar oqibatida yetkazilgan iqtisodiy zarar 250 milliard dollardan oshadi.
Mavzuga oid

18:55 / 24.04.2025
Toshkentda yuk ortgich mashina yonib ketdi

17:05 / 24.04.2025
Ilon Mask va moliya vaziri Skott Bessent Oq uyda janjallashib ketdi - Axios

10:32 / 23.04.2025
Mask Tesla savdolari pasaygani tufayli DOGE'dagi faoliyatini qisqartiradi

17:42 / 22.04.2025