Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» egalari bilan Abduqodir Husanov haqida suhbatlashdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu haftada Birlashgan Arab Amirliklariga qilgan safari chog‘ida «Manchester Siti» klubi egalari sanalmish Abu Dabi valiahd shahzodasi Shayx Xolid ibn Muhammad Ol Nahayon bilan uchrashgan edi.
O‘zbekiston prezidenti Abu Dabi valiahd shahzodasi Shayx Xolid ibn Muhammad Ol Nahayon bilan uchrashuvda Abduqodir Husanovning «Manchester Siti» klubiga o‘tishi haqida ham suhbatlashgani ma’lum bo‘ldi.
«Manchester Siti»ga egalik qiladigan oila vakili shunday futbolchini ulg‘aytirgan o‘zbek xalqiga hurmatini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov «Lans»dan 40 million yevro evaziga «Manchester Siti»ga transfer qilindi. 20 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi yangi klubi safida 45-raqamda to‘p surishi ma’lum qilingandi.
Ma’lumot uchun, Husanov Angliya Premer-ligasida to‘p suradigan ilk o‘zbek futbolchisiga aylandi. U transfer borasida ham o‘zbek futbolchilarining rekordini yangiladi.
Mavzuga oid

18:42 / 02.05.2025
Prezident Urganchda Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazini borib ko‘rdi

17:22 / 02.05.2025
Prezident «Urganch klaster»ning yangi korxonalari faoliyati bilan tanishdi

16:15 / 02.05.2025
Xorazmda 2025 yilda 7 ming xonadonli 200 ta ko‘p qavatli uy quriladi

15:29 / 02.05.2025