O‘zbekiston hukumati a’zolari Donald Trampning inauguratsiyasini AQSh elchixonasida kuzatdi
20 yanvar kuni AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik qarorgohida Donald Trampning AQSh prezidenti lavozimiga kirishishi sharafiga O‘zbekiston hukumatining yuqori mansabdor shaxslari uchun rasmiy ziyofat uyushtirildi.

Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi
«Yig‘ilgan mehmonlar dunyo bo‘ylab millionlab odamlar ishtirokida ushbu tarixiy voqea guvohi bo‘ldi va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi mustahkam va uzoq muddatli sheriklik haqida fikr yuritdi. Biz O‘zbekiston bilan strategik hamkorligimizni Tramp ma’muriyati ostida davom ettirishni intiqlik bilan kutamiz», — deyiladi elchixona matbuot xizmati xabarida.
AQSh elchixonasidagi rasmiy ziyofatda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Abdulaziz Komilov, bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori va Oliy majlis deputati Akmal Saidov, Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova, O‘zbekistonning AQShdagi sobiq elchisi Javlon Vahobov va boshqalar ko‘rinish bergan.
Eslatib o‘tamiz, AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp 20 yanvar kuni o‘z lavozimini rasman egalladi va qasamyod qildi.
Mavzuga oid

15:58
Tirik va sog‘-salomat: AQShda 63 yil avval bedarak yo‘qolgan ayol topildi

15:58
«Qamoqxonalar qamoqxonasi». Tramp qayta tiklamoqchi bo‘lgan Alkatras haqida nimalar ma’lum?

21:51 / 05.05.2025
AQShni o‘z xohishi bilan tark etadigan noqonuniy migrantlarga 1000 dollardan pul beriladi

21:12 / 05.05.2025