Misr O‘zbekistonning tog‘li hududlarida turistik majmualar barpo etishi mumkin
O‘zbekiston elchixonasi yordamida Misrning Sabbour investitsion konsalting kompaniyasi bosh ijrochi direktori Umar Sabbur va mamlakatimizdagi B.Invest Group kompaniyasi moliyaviy direktori Otabek Xudoyberganov o‘rtasida muzokaralar tashkil etildi.

Foto: Dunyo
Suhbat chog‘ida so‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
Misr tomoni O‘zbekistonning tog‘li hududlarida turistik majmualar barpo etish, aholiga xizmat ko‘rsatish, zamonaviy turar joy qurish kabi imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratdi.
Muzokaralar natijasida tomonlar Sabbour kompaniyasi rahbarining kelgusi oyda Toshkentga tashrifini uyushtirish va istiqbolli investitsion loyihalarda uning ishtirokini muhokama qilishga kelishib oldi.
Sabbour investitsion konsalting kompaniyasi 1996 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda Misr, shuningdek, Ispaniya, BAA va Gretsiyadagi ko‘plab ko‘chmas mulk loyihalari, zamonaviy turar joy maskanlarini barpo etishda ishtirok etib kelmoqda.
Mavzuga oid

21:04 / 09.06.2025
Misr gepatitga qarshi dori vositalarining navbatdagi partiyasini O‘zbekistonga yubordi

16:43 / 01.06.2025
Misrdan gepatitga qarshi dorining 2025 yildagi ilk partiyasi olib kelindi

14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi

15:41 / 19.05.2025