AQSh hukumati noqonuniy migrantlarni har kuni chiqarib yuborish rejasini e’lon qildi
Bu Qo‘shma Shtatlar tarixidagi eng yirik deportatsiya operatsiyasi bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

Foto: Getty Images
Tramp ma’muriyati noqonuniy migrantlarni har kuni harbiy samolyotlarda mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda, dedi AQSh chegara xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Tomas Homan ABC News telekanaliga. Bu «Qo‘shma Shtatlar tarixidagi eng yirik deportatsiya operatsiyasi» bo‘ladi.
AQSh hukumati tarixda birinchi marta migrantlarni uylariga qaytarish uchun harbiy samolyotlardan foydalandi va endi bu har kuni sodir bo‘ladi, dedi Homan. 23 yanvar kuni AQSh harbiylari Gvatemalaga ikkita alohida reysda 150 nafardan ortiq migrantni yetkazgan edi. Biroq, Homan bunday parvozlar juda katta rejaning faqat bir qismi ekanini aytdi.
Yangi ma’muriyat rahbarligida AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) agentlari mamlakatdagi 11 milliondan ortiq noqonuniy migrantlarning istalganini hibsga olishi mumkin, dedi Homan. Shu bilan birga, u noqonuniy migrantlar uchun muqobil yechim taklif qildi: ular o‘zi «ketishi kerak».
Avvalroq NBC News telekanali Pentagonning ikki rasmiysiga tayanib, 24 yanvar kuni Amerika harbiy samolyotlari Gvatemalaga ikki marta uchgani, har bir samolyotda 80 nafarga yaqin migrant borligi haqida xabar bergan edi.
Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlarning yangi prezidenti «Meksikada qoling» siyosatini tikladi, unga ko‘ra uchinchi mamlakatlardan AQSh hududida boshpana izlovchilar sud qarorini Meksika hududida kutishi kerak.
Mavzuga oid

13:55
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

13:33
Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha 5 ta talabini AQShga ma’lum qildi

13:32
Apple AQSh bozori uchun iPhone ishlab chiqarishni Hindistonga ko‘chirmoqchi

12:04