1 fevraldan «Tashabbusli budjet»ning 1-mavsumi boshlanadi
«Tashabbusli budjet»ning 2025 yilgi 1-mavsumi uchun loyihalar 1-20 fevral kunlari kiritiladi. Saralashdan o‘tgan loyihalarga 11-20 mart kunlari ovoz yig‘ilida. G‘oliblar 21 mart - Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.

«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2025 yilgi 1-mavsumi 1 fevraldan boshlanib, 20 martga qadar davom etadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Bunda:
- Loyiha kiritish bosqichi — 1–20 fevral;
- Saralash bosqichi — 21 fevral–7 mart;
- Targ‘ibot bosqichi — 8–10 mart;
- Ovoz berish bosqichi — 11–20 mart kunlari o‘tkaziladi.
Joriy yildagi 1-mavsum g‘oliblari 21 mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.
Avvalroq Senat Kengashining qarori bilan, «Tashabbusli budjet» jarayonini o‘tkazish bo‘yicha amaldagi tartibga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandi. Qarorga ko‘ra, har yili tuman va shahar budjetidan 10 tadan kam bo‘lmagan, ko‘pi bilan 30 ta loyiha uchun yetarli mablag‘ ajratilishi belgilangan. Bunda, 10 tadan ortiq loyiha uchun mablag‘lar tuman yoki shahar aholisining tegishli hududdagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.
Eslatib o‘tamiz, «Tashabbusli budjet»ning 2024 yilgi 1-mavsumi uchun ovoz berish jarayoni 13 mart kuni soat 00:00 dan boshlanib, 1 aprel kuni soat 23:59 gacha davom etgan. O‘tgan yili loyihalar uchun 3,02 trln so‘m mablag‘ ajratilgan.
Mavzuga oid

20:37 / 08.04.2025
«Tashabbusli budjet»ning 2-mavsumida ba’zi mahallalarga tanaffus beriladi

08:52 / 04.04.2025
“Tashabbusli budjet”da 33 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi

19:04 / 25.03.2025
“Tashabbusli budjet”dan ham umidini uzayotgan mahalla: Shahrixondagi maktab qachon ta’mirlanadi?

16:22 / 25.03.2025