Isroil Ukrainaga Rossiya qurollarini yetkazib berishni boshlagan bo‘lishi mumkin
OSINTdefender ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh harbiy-havo kuchlarining bir nechta samolyotlari Germaniyadan Isroilga, so‘ngra Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatuvchi asosiy markaz hisoblangan Polshaning Jyeshuv shahriga uchgan.

Foto: Amir Levy / Getty Images
Ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil Ukrainaga Yaqin Sharqdagi harbiy amaliyotlar chog‘ida Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL) tomonidan qo‘lga olingan Rossiya qurollarini yetkazib berishni boshlagan. Bu haqda 25 yanvar, shanba kuni Yevropa va dunyoning boshqa mintaqalaridagi harbiy mojarolarni tahlil qiluvchi OSINTdefender loyihasi xabar berdi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, shu haftada AQSh harbiy-havo kuchlarining bir nechta Boeing C-17 harbiy transport samolyotlari Germaniyadagi Ramshtayn aviabazasidan Isroil janubidagi Xatserim havo bazasiga uchgan, shundan so‘ng ular Polsha janubi-sharqidagi Jyeshuv shahriga yo‘l olgan. Shahar AQSh va NATO davlatlari tomonidan Ukrainaga ko‘rsatiladigan harbiy yordam uchun asosiy logistika markazi hisoblanadi.
Tanklar, raketalar va o‘q-dorilar mavjud
Samolyotlarda aynan nima bo‘lganligi noma’lum. Hozircha bu ma’lumotning rasmiy tasdig‘i yo‘q. Avvalroq Isroil Livan va Suriyada qo‘lga olingan Rossiyada ishlab chiqarilgan qurollarni Ukraina Qurolli kuchlariga topshirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi.
Ehtimoliy yetkazib berilgan narsalar qatoriga tanklar, tankka qarshi boshqariladigan raketalar va o‘q-dorilar kiradi. «Bu Isroil harbiy-havo kuchlari foydalanishdan chiqarishga tayyorlanayotgan va Ukrainaga berishni ham ko‘rib chiqayotgan bir nechta Patriot zenit-raketa batareyalariga qo‘shimcha», deb ta’kidlaydi OSINTdefender.
Mavzuga oid

20:55 / 24.04.2025
Ispaniya Isroildan millionlab o‘q-dori sotib olishdan bosh tortdi

13:30 / 24.04.2025
90 foiz uylar vayron bo‘lgan G‘azo, Kashmirdagi teraktda ayblanayotgan Pokiston va barbod bo‘lgan London muzokaralari - kun dayjesti

14:20 / 23.04.2025
Urushni muzlatmoqchi bo‘layotgan Putin va Trampga qarshi chiqqan AQSh universitetlari - kun dayjesti

13:04 / 22.04.2025