Isroil armiyasi Livan janubidagi uylarni yoqib, o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzdi
Livan va Isroil o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, isroillik harbiylar 60 kun ichida egallangan hududdan chiqib ketishi kerak edi. Ammo Isroil tomoni qarshilik ko‘rsatayotgani bois Livan armiyasi ozod etilishi kerak bo‘lgan aholi punktlariga kira olmayapti.

Foto: Anadolu Ajansi
Isroil harbiylari o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishi kerak bo‘lgan Livan janubida joylashgan Aytarun aholi punktidagi uylarni yoqib, o‘t ochish rejimini buzdi, deb xabar beradi Anadolu Ajansi.
Isroil qo‘shinlari mazkur aholi punktidan chiqib ketib, uning nazoratini Livan armiyasi ixtiyoriga berishi kutilmoqda. Ammo o‘n kundan buyon Livan armiyasi isroillik harbiylar tomonidan ko‘rsatilayotgan qarshiliklar tufayli hududga kira olmayapti. Ayni vaqtda Isroil harbiy texnikalari yordamida to‘sib qo‘yilgan yo‘llarni ochish ishlari amalga oshirilmoqda.
Isroil qo‘shinlari to‘liq chiqib ketib, vaziyat barqarorlashmagunga qadar aholining Aytarunga qaytishi taqiqlangan.
2024 yil 27 noyabr kuni Livan va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishilgan bo‘lib, uning doirasida isroillik harbiylar 60 kun ichida Livan janubidagi egallangan hududlardan chiqib ketishi kerak edi. Ammo Isroil tomoni Livan armiyasi mintaqaga «to‘liq joylashmaganini» ma’lum qilib, hududni tark etish muddatini 18 fevralga qadar uzaytirgan.
Avvalroq Livan parlamenti ovoz berishning ikkinchi turida armiya bosh qo‘mondoni Jozef Aunni mamlakat prezidenti etib saylangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

20:55 / 24.04.2025
Ispaniya Isroildan millionlab o‘q-dori sotib olishdan bosh tortdi

13:30 / 24.04.2025
90 foiz uylar vayron bo‘lgan G‘azo, Kashmirdagi teraktda ayblanayotgan Pokiston va barbod bo‘lgan London muzokaralari - kun dayjesti

14:20 / 23.04.2025
Urushni muzlatmoqchi bo‘layotgan Putin va Trampga qarshi chiqqan AQSh universitetlari - kun dayjesti

13:04 / 22.04.2025