O‘zbeklarni it deb haqoratlagan shaxsning videosini buzg‘unchi kuchlar to‘qib chiqargan - TIV
Rossiya tomonining aniqlashicha, internetda o‘zbek xalqini haqoratlagani videosi tarqalgan erkak Rossiya fuqarosi emas, deya ma’lum qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi. Bu material xalqlar o‘rtasida nizo chiqarishga urinayotgan buzg‘unchi kuchlarning provokatsiyasi ekani aytildi.

Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya fuqarosi deb taxmin qilingan shaxsning o‘zbeklarni it deb atagani aks etgan video tarqalgan edi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, video internetda topilishi bilanoq Rossiya tomoniga zudlik bilan murojaat qilingan.
“Qaysi millatga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, xalqimizga qarata aytilayotgan bunday gaplarni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. O‘zbekiston o‘z fuqarolarining huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar doimo himoya qilgan va himoya qiladi.
Biz axborot maydonini muntazam ravishda kuzatib boramiz. Ushbu video internetda topilishi bilanoq, Rossiya tomoniga diplomatik kanallar orqali zudlik bilan murojaat qilingan. Bunday paytlarda asl manbani topish va materialning haqiqiyligini tekshirish juda muhimdir.
Tabiiyki, Rossiya tomoni shu zahotiyoq “Bunday haqoratomuz bayonotlar, kim tomonidan aytilishidan qat’i nazar, chuqur afsuslanarliligi”ni ta’kidladi.
Tekshiruvlar natijasida ushbu material provokatsion xususiyatga ega bo‘lib, xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarga nizo keltirib chiqarishga urinayotgan buzg‘unchi kuchlar tomonidan to‘qib chiqarilgani ma’lum bo‘ldi.
Rossiya tomonining xabar berishicha, videoda tilga olingan shaxs Rossiya Federatsiyasi fuqarosi emas. Hozirda Rossiyaning rasmiy OAVlari ham bu borasida qator materiallarni e’lon qilmoqda”, – deyiladi O‘zbekiston TIV matbuot kotibi Ahror Burhonov tarqatgan bayonotda.
Rossiya TIV so‘zchisi Mariya Zaxarovaga ko‘ra, FSB bu erkakning shaxsini aniqlagan: u Nikolay Nikolayevich Kochmarik. Bayonotda u ukrainalik ekani iddao qilingan.
Mavzuga oid

00:41
Rossiyada migrantlarning farzandlarini bog‘chaga qabul qilishda qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin

13:55 / 25.04.2025
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

12:04 / 25.04.2025
Rossiyada migrantlar orasida jinoyatchilik darajasi yuqori emasligi ma’lum bo‘ldi

11:30 / 25.04.2025