Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sanepidqo‘m faoliyati tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasining "Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Prezident qaroriga muvofiq Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilar:
- sanepid sohasidagi potensial xavflarni aniqlash va baholash, yuqumli kasalliklarning tabiiy o‘choqlarida epidemiologik monitoring va epidemiyaga qarshi tadbirlar majmuini o‘tkazish;
- sanitariya-gigiyena laboratoriyalari, radiatsion gigiyena, fizik omillar, bakteriologiya, virusologiya, parazitologiya va o‘ta xavfli kasalliklarni tashxislash faoliyatini tashkil etish;
- jamoat salomatligi, kasalliklar profilaktikasi va aholining sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi sohasida davlat siyosatini amalga oshirish va boshqalar.
Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom quyidagilarni belgilaydi:
- qo‘mitaning vazifalari va funksiyalari;
- Sanepidqo‘m faoliyatini tashkil etish va uning rahbariyati;
- qo‘mita faoliyatining samaradorligi va natijadorligi ko‘rsatkichlari hamda uni baholash mezonlari;
- moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minot manbalari;
- xodimlarning mehnatiga haq to‘lash, ularni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy imtiyozlar.
Qo‘mita o‘z faoliyatida majburiy tibbiy choralarni davolash yoki karantinda saqlash ko‘rinishida qo‘llash huquqiga ega.
Shuningdek, zarur bo‘lganda xo‘jalik va boshqa faoliyatning alohida tartibini nazarda tutuvchi, yuqumli va parazitar kasalliklarning tarqalishini oldini olishga qaratilgan tibbiy-sanitariya choralari qabul qilinishi mumkin.
Sanepidqo‘m yuqumli kasalliklar tarqalishining haqiqiy xavfi yuzaga kelganda mulkchilik shaklidan qat’i nazar obektlarda tekshiruvlar o‘tkazishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari buzilishi holatlari aniqlanganda litsenziyalar va ruxsat beruvchi hujjatlarni to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish masalasini hal etish uchun tegishli organlar va tashkilotlarga taqdimnomalar yuborishi mumkin.
Mavzuga oid

13:55 / 24.07.2025
2026 yildan transport majburiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summasi chegarasi ikki baravar oshadi

07:28 / 23.07.2025
Zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha choralar qabul qilindi

15:35 / 17.07.2025
Toshkentda UzFace fuqarolarni aniqlash tizimi sinov tariqasida joriy etilishi mumkin

11:25 / 16.07.2025