483 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini yashirib olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Farg‘onada 483 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini yashirib olib kirilishiga chek qo‘yildi.

Foto: Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi
Viloyat bojxona boshqarmasi ma’lum qilishicha, “Farg‘ona aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Istanbul-Farg‘ona yo‘nalishida Farg‘onaga uchib kelgan fuqaro olib kirish me’yoridan ortiqcha va bojxona nazoratidan o‘tkazilishi zarur bo‘lgan tovarlari mavjud emasligini ma’lum qilgan. U yo‘lovchi bojxona deklaratsiyani to‘ldirmasdan “yashil yo‘lak” orqali harakatlangan.
Ushbu fuqaro harakatlari bojxona xodimlarida shubha uyg‘otganligi sababli to‘xtatilib, o‘zi va unga tegishli bo‘lgan qo‘l sumkalari belgilangan tartibda bojxona nazoratdan o‘tkazilgan.
Natijada, fuqaro qo‘l sumkasida, o‘zida taqilgan va tana a’zolariga yashirilgan umumiy qiymati 483 mln so‘mlik og‘irligi 620 grammga teng bo‘lgan 5 turdagi 105 dona zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan yashirib olib o‘tayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Amaldagi tartiblarga ko‘ra jismoniy shaxslar tomonidan bojxona to‘lovlari undirilmasdan respublikaga olib kirishga qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlar uchun me’yor 65 gramm etib belgilangan.
Mavzuga oid

09:22 / 08.06.2025
Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

08:00 / 02.06.2025
Farg‘onada bank mas’ullari va hokim yordamchilarining qing‘ir ishlari aniqlandi

07:40 / 31.05.2025
Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dorilarning savdoga chiqarilishi oldi olindi

18:37 / 29.05.2025