Buyuk Britaniyada zudlik bilan 120 mingta zirhli nimcha chaqirib olinadi
Britaniya Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari foydalanib kelgan ECBA zirhli nimchalarida mikroyoriqlar aniqlandi. Shu bois bu turdagi nimchalarning 120 mingtasi chaqirib olinadigan bo‘ldi.

Foto: AFP
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi britaniyalik harbiy xizmatchilar tomonidan foydalanib kelingan ECBA turidagi 120 mingta zirhli nimcha zudlik bilan qaytarib olinishini e’lon qildi. Tekshiruvlar ushbu zirhli nimchalar plastinalarida mikroyoriqlarni aniqlagan.
The Guardian’ning yozishicha, 2023 yilda 120 mingta zirhli nimcha yaroqlilik muddati tugagani bois almashtirilishi kerak bo‘lgan. Ammo oldingi hukumat mablag‘larni tejash maqsadida almashtirish jarayonlarini to‘rt yilga kechiktirgan.
Leyboristlar hukumati vakillari harbiylarga nisbatan «bunday qaltislikka toqat qilmasliklarini» bildirgan. ECBA zirhli nimchalari ko‘krak va orqa qismida kichik himoya plastinaga ega bo‘lib, 30 yildan ko‘proq vaqt oldin foydalanishga qabul qilingan. Plastinalarining o‘lchami himoyani cheklagani bois u Iroq va Afg‘onistondagi harbiylar orasida ommalashmagan.
Ta’kidlanishicha, hozirda ushbu zirhli nimchalardan qo‘riqlash bo‘linmalari, Harbiy-dengiz kuchlari, dengiz piyodalarining harbiy xizmatchilari foydalanib keladi.
Ekspertlarning hisoblashicha, shu kabi zirhli nimchalarning har o‘ntadan bittasining plastinasida mikroyoriqlar mavjud. Endi zirhli plastinalar tekshiruvdan o‘tkaziladi, talabga javob bermaydiganlari almashtiriladi. Mamlakat Mudofaa vazirligi bu qo‘shimcha xarajatlar tug‘dirmasligiga umid qilmoqda.
Mavzuga oid

13:15 / 13.05.2025
Londonda olti bolgar Rossiya foydasiga josuslik qilganlik uchun qamaldi

01:39 / 12.05.2025
Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi

13:29 / 10.05.2025
Britaniya harbiy-dengiz floti boshlig‘i ishdan chetlatildi

08:10 / 10.05.2025