Turkiya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda
2021 yildan beri Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Olgan Bekar o‘z missiyasini yakunlamoqda.

Foto: Telegram / bakhtiyor_saidov
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun, 8 fevral kuni mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Turkiya elchisi Olgan Bekarni qabul qildi.
«Turkiyaning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar janoblari bilan uchrashuv o‘tkazdik. Rahbarlarimiz o‘rtasida o‘rnatilgan birodarlik rishtalari har bir sohada yaqin hamkorlik uchun eng mustahkam poydevor yaratmoqda», — deb yozadi Baxtiyor Saidov Telegramʼdagi kanaliga.
Shuningdek, O‘zbekiston—Turkiya qardoshlik munosabatlarini mustahkamlashga katta hissa qo‘shgan elchiga samimiy minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilagan.
Eslatib o‘tamiz, Olgan Bekar 2021 yil 5 mart kuni O‘zbekiston TIVga Turkiyaning mamlakatdagi elchisi sifatidagi ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan edi. O‘sha yilning aprelida esa prezident Shavkat Mirziyoyev ishonch yorliqlarini qabul qilib olgandi.
Mavzuga oid

15:42
O‘zbekistonning Latviyadagi turizm brendi elchisi tayinlandi

12:55 / 09.06.2025
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida maktab ochiladi

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

19:16 / 07.06.2025