O‘zbekiston va Latviya migratsiya bo‘yicha bitim imzolash imkonini ko‘rib chiqmoqda
Tashrif bilan Riga shahrida bo‘lgan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Olim Abdullayev 28 yanvar kuni Latviya tashqi ishlar vaziri Bayba Brajye bilan uchrashdi.

Foto: TIV
O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida Latviya tomoni mehnat migratsiyasi bo‘yicha doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish va Migratsiya bo‘yicha bitim imzolash imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Tomonlar mehnat migratsiyasi sohasida o‘zaro hamkorlik, jumladan, muntazam maslahatlashuvlar o‘tkazish muhimligini qayd etdilar.
Bundan tashqari, Latviya TIV direksiyasi bosh direktori Agnesa Kalnina bilan muzokaralar olib borildi.
Latviya tomoni O‘zbekiston uning Markaziy Osiyo mintaqasidagi muhim hamkori ekanini alohida ta’kidladi.
Ikki mamlakatning mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorligi har ikki tomon uchun ham manfaatli va uzoq muddatli istiqbolga ega ekanligiga qat’iy ishonch bildirildi.
Tomonlar joriy yilda ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklarining tegishli idoralari o‘rtasida konsullik maslahatlashuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida kelishib oldilar.
Mavzuga oid

12:04
Rossiyada migrantlar orasida jinoyatchilik darajasi yuqori emasligi ma’lum bo‘ldi

08:37
Rossiyada teraktni tayyorlayotgan «markaziy osiyoliklar» yo‘q qilingani xabar berildi

09:49 / 24.04.2025
Lavrov migrantlar orasida jinoiy guruhlar paydo bo‘lishining oldini olishga chaqirdi

11:27 / 22.04.2025