O‘zbekistonga 115 tonna dizel noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi
Buxoro viloyatidagi «Olot» chegara postida Turkmaniston hududidan olib o‘tilayotgan tovar kimyo laboratoriyasida tekshirilgan va u dizel ekani ma’lum bo‘lgan.

Foto: O‘zenergoinspeksiya
O‘zbekiston hududiga noqonuniy tarzda 1,3 milliard so‘mlik dizel yonilg‘isini olib kirish holati aniqlandi, deb xabar beradi «O‘zenergoinspeksiya».
Qayd etilishicha, hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Turkmanistondan O‘zbekiston hududiga noqonuniy tarzda dizel yonilg‘isini hujjatlarda «Bitumnaya mastika» tarzida ko‘rsatib olib kirishga bo‘lgan urinish fosh etilgan.
Xususan, Buxoro viloyatidagi «Olot» chegara posti orqali og‘irligi 115 tonna (qiymati 1,3 milliard so‘mlik), hujjatlarda «Bitumnaya mastika» deya ko‘rsatilgan tovar «O‘zenergoinspeksiya» kimyo laboratoriyasi xulosasiga ko‘ra dizel ekani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur qonunbuzarlik holati yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, ushbu yoqilg‘i mahsulotlari vaqtincha saqlovga olingan.
Avvalroq Qozog‘iston hukumati o‘z hududidan temiryo‘l va avtomobil yo‘llari orqali benzin va dizel yonilg‘isini uchinchi davlatlarga, jumladan, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOI) mamlakatlariga eksport qilishni taqiqlagandi.
Mavzuga oid

18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi

14:31 / 24.04.2025
Turkman xalqining milliy yetakchisi «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi

14:15 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqandda muzokara o‘tkazdi

07:30 / 24.04.2025