19 tup daraxtni kesib ketgan fuqaro tabiatga 435 mln so‘mlik zarar yetkazdi
Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida 18 dekabr kuni fuqaro T.A tomonidan jami 19 tup daraxt kesib ketildi.
Viloyat prokuraturasi ma’lum qilishicha, tumandagi “Keriz” qabristoni hududida manzarali bo‘lgan 17 tup past bo‘yli qayrag‘och va 2 tup ko‘k terak daraxti noqonuniy kesilgan.
Oqibatda o‘simlik dunyosiga 435 mln 750 ming so‘m miqdorda zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

09:30 / 22.04.2025
Jizzaxda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi

21:26 / 15.04.2025
Jizzaxda AES uchun birinchi ishlab chiqarish binolari qurilishi boshlandi

20:05 / 09.04.2025
Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

17:01 / 28.03.2025