Samarqandda 1,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlandi
Oilaviy korxona rahbari usta bilan birgalikda mebel sexini tarmoqqa ulab, noqonuniy mayning bilan shug‘ullanib kelgan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departamen
Samarqandda noqonuniy mayning faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar tomonidan energiya resurslarni talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, Samarqand shahridagi «S.M.» oilaviy korxonasi rahbari A.I. va korxonaga qarashli mebel sexi ustasi A.N. sexni o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, mayning bilan shug‘ullanib kelgani aniqlangan.
Natijada, ular jami 1,8 milliard so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlangan.
Mazkur holat yuzasidan I.A. va A.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida Samarqand viloyati Ishtixon tumanida 28 milliard so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlangan edi. Oilaviy korxonaga qarashli bino yon qismida joylashgan yerto‘lada 89 ta mayning qurilmasini elektr hisoblagichdan tashqari tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelingan.
Mavzuga oid

23:20 / 22.04.2025
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi

19:46 / 22.04.2025
Gurbanguli Berdimuhamedov 23 aprel kuni Samarqandga keladi

10:53 / 22.04.2025
Jomboy tumani FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi

17:56 / 18.04.2025