Marko Rubioni olib ketayotgan samolyot nosozlik tufayli bazaga qaytdi
Davlat kotibi Marko Rubioni Myunxen xavfsizlik konferensiyasiga olib borishi kerak bo‘lgan AQSh harbiy-havo kuchlari samolyoti Endryus aviabazasiga qaytdi.

Foto: REUTERS/Evelyn Hockstein/Pool
Davlat kotibi Marko Rubioni Myunxendagi xavfsizlik anjumaniga olib borishi kerak bo‘lgan AQSh harbiy-havo kuchlari samolyoti texnik nosozlik tufayli Merilend shtatidagi Endryus aviabazasiga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda 13 fevral, payshanba kuni AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Temmi Bryus ma’lum qildi.
Rubio Germaniyaga, keyin esa Yaqin Sharqqa boshqa samolyotda uchadi, dedi u.
Uchuvchi kabinasida old oyna bilan bog‘liq muammolar
AP agentligi manbalaridan birining ta’kidlashicha, uchuvchi kabinasidagi old oynadagi muammo tufayli samolyot taxminan 90 daqiqa parvozdan so‘ng ortiga qaytishga majbur bo‘lgan. Manba tafsilotlarni keltirmagan.
Parvoz Boeing 757'ning harbiy versiyasi bo‘lgan C-32 tomonidan amalga oshirilgan. Rubio layner bortida AQSh Senatining tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Jim Rish bilan birga bo‘lgan.
Mavzuga oid

21:29 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi

23:54 / 21.04.2025
Orlandoda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi

16:53 / 11.04.2025
Vashingtonda bortida kongressmenlar bo‘lgan ikki samolyot to‘qnashib ketdi

21:55 / 28.03.2025