So‘rovnoma: farg‘onaliklar 1 oyda svetga qancha sarflayapti?
Kun.uz muxbiri Farg‘ona shahrida kichik so‘rovnoma o‘tkazib, aholidan bir oyda elektr energiyasiga qancha pul sarflashlarini so‘radi.
So‘rovnoma ishtirokchilarining bir qismi belgilangan “limit”dan norozi ekanligini bildirgan bo‘lsa, boshqa qismi esa tok sarfini tejashga o‘tganligini aytdi.
Ma’lumot o‘rnida, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 204-sonli qaroriga asosan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2024 yil 1 maydan boshlab elektr energiyasining narxlari iste’molchilar uchun quyidagicha taqsimlangan:
- Oyiga 200 kVt·soatgacha - 450 so‘m
- 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha - 900 so‘m
- 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha - 1350 so‘m
- 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha - 1575 so‘m
- 10 000 kVt·soat va undan yuqori - 1 800 so‘m
Mavzuga oid

13:57 / 13.06.2025
Farg‘onada 45 yoshli erkak yosh bolani mashina yukxonasiga solib qo‘ydi

16:12 / 12.06.2025
Energetika sohasida davlatga yetkazilgan zarar 471 mlrd so‘mdan oshdi

09:22 / 08.06.2025
Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

17:39 / 07.06.2025