Ikki viloyatda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
Toshkent va Namangan viloyati tog‘li hududlarida 15-18 fevral qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.
O‘zgidromet xabariga ko‘ra, ushbu sanalarda yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi kutilmoqda.
Shu sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
Toshkent viloyati Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
Namangan viloyati Pop tumanida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.
Mavzuga oid

15:50 / 30.05.2025
Muz ko‘chkisi Alp tog‘laridagi qishloqni yakson qildi. Tabiiy ofatdan oldingi va keyingi suratlar

23:07 / 25.03.2025
Toshkent viloyatining ba’zi hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

19:03 / 18.03.2025
O‘zbekistonning olti viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

14:46 / 21.02.2025