Xorazmda Damas urib yuborgan velosipedchi hayotdan ko‘z yumdi
Xorazmning Bog‘ot tumanida Damas bir yo‘nalishdagi velosipedchini urib ketishi oqibatida jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘ldi.

Foto: Videodan kadr
Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida 31 yanvar kuni Damas haydovchisi o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan velosipedchini urib yubordi.
Yo‘l-transport hodisasi soat 20:00 lar atrofida 4M-11 avtoyo‘lida sodir bo‘lgan. Mashinani tegishli hujjatsiz boshqargan haydovchining urib yuborishi oqibatida velosipedchi voqea joyida halok bo‘lgan.
Holat yuzasidan Bog‘ot tumani tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari boshlandi.
Mavzuga oid

16:09 / 15.05.2025
Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”

14:03 / 11.05.2025
Buxoro va Xorazmni bog‘lovchi yo‘lni chigirtkalar bosdi

16:46 / 05.05.2025
Sirdaryoda 28 nafar bolani olib ketayotgan Damas haydovchisiga chora ko‘rildi

16:20 / 03.05.2025