Xorazmda Damas urib yuborgan velosiped haydovchisi halok bo‘ldi
Haydovchi mashinani tegishli hujjatlarsiz boshqargan.

Foto: Milliy Tv
Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida velosiped haydovchisi halok bo‘lgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2025 yil 31 yanvar kuni soat 20:00 larda sodir bo‘lgan. Damas haydovchisi Bog‘ot tumanidan o‘tgan 4M-11 avtomobil yo‘lida ketayotib o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan velosipedchini urib yuborgan.
Oqibatda velosiped haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida halok bo‘lgan.
Milliy telekanalining Millar dasturida berilgan lavhada aytilishicha, haydovchi mashinani tegishli hujjatlarsiz boshqargan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Bog‘ot tumani tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:09 / 15.05.2025
Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”

14:03 / 11.05.2025
Buxoro va Xorazmni bog‘lovchi yo‘lni chigirtkalar bosdi

16:46 / 05.05.2025
Sirdaryoda 28 nafar bolani olib ketayotgan Damas haydovchisiga chora ko‘rildi

16:20 / 03.05.2025