Wizz Air O‘zbekiston hududida qo‘shma aviakompaniya tashkil etishi mumkin
Transport vaziri Ilhom Mahkamov Wizz Air aviakompaniyasi bosh direktori Yojyef Varadi hamda Vengriyaning O‘zbekistondagi elchisi Yojyef Roja bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: Wizz Air
Uchrashuvda Wizz Air aviakompaniyasi tomonidan O‘zbekistondan Yevropaga va O‘zbekiston orqali tranzit havo qatnovlari geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Yojyef Varadi Wizz Air Abu-Dhabi kompaniyasi Toshkent – Abu-Dabi – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni ko‘paytirish, Namangan va Urganch shaharlari bilan aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdorligini, shuningdek, O‘zbekiston hududida qo‘shma aviakompaniya tashkil etish istiqbollarini ma’lum qildi.
Transport vaziri I.Mahkamov Wizz Air aviakompaniyasiga O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish va joriy yil oxirigacha Toshkent – Budapesht – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reysni tashkil etishni taklif qildi.
Mavzuga oid

23:14 / 09.06.2025
Vengriya migrantlarni kiritmaslik uchun kuniga 1 mln yevro to‘lashga tayyor - Viktor Orban

11:15 / 05.06.2025
Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi

17:20 / 28.05.2025
Birlik sari 71 qadam. Turkiy liderlar ilk marta Vengriyada yig‘ildi

12:08 / 27.05.2025