Andijonda Nexia-3 bilan to‘qnashgan Damas zovurga ag‘darilib ketdi
Ma’lumotlarga ko‘ra, YTH Damas haydovchisi tezlikni oshirishi va oraliq masofani saqlamagani tufayli kelib chiqqan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: Videodan kadr
Andijon viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Asaka tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 22 fevral kuni soat 23:00 larda Asaka tumani «Yangi obod» MFY hududidan o‘tgan D-105 Farg‘ona halqa avtomobil yo‘lining 168-kilometrida 26 yoshli A.M. Damas rusumli avtomashinasida yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. U Asaka—Farg‘ona yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtida belgilangan tezlik me’yoriga rioya qilmaslik va oraliq masofa saqlamaslik oqibatida o‘zi bilan bir yo‘nalishda, oldinda chapga qayrilib olmoqchi bo‘lgan Nexia-3 avtomashinasining orqasidan borib urilgan. Natijada, Damas avtomashina haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi zovurga tushib, ag‘darilib ketgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q, avtomashinalar texnik shikastlangan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Asaka tumani IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

17:40 / 24.04.2025
Andijonda zilzila yuz berdi

13:02 / 24.04.2025
Avtomobillarning noqonuniy ijarasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi

19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor

12:03 / 19.04.2025