226 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan bog‘cha aniqlandi
Andijon viloyatida 226 mln so‘mlik tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalanish holati fosh etildi.

Foto: Hududgazta’minot
“Hududgazta’minot” xabariga ko‘ra, Ulug‘nor tumani, “Sariq suv” MFYda joylashgan “I.E.” nodavlat bog‘chada ta’minot korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan va tabiiy gaz hisobini yuritmasdan gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz sarfi qayta hisob-kitob qilindi va 226 mln so‘mlik zarar hisoblandi.
Noqonuniy holat bo‘yicha barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.
Mavzuga oid

13:08
Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni 4 barobardan ortiqqa oshirdi

16:33 / 06.06.2025
Gaz va elektr kompensatsiyasi uchun ariza qabul qilish boshlandi

09:54 / 04.06.2025
Bloomberg: "Gazprom" Turkiyadagi gaz habi bo‘yicha rejalarni keyinga qoldirdi

12:10 / 03.06.2025