Elektrdan o‘g‘rincha foydalanib kelgan fermer xo‘jaligi aniqlandi
Qashqadaryo viloyatida fermer xo‘jaligi o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya
“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, holat “O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan. Koson tumani “Sherbek” MFYda joylashgan “U.A.H.” fermer xo‘jaligi suv nasos qurilmalariga ulanib hech qanday hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 222,9 mln so‘mlik zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Mavzuga oid

11:56 / 16.04.2025
Toshkentning ayrim hududlarida 4 kun davomida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi

12:07 / 08.04.2025
2,1 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatgan klinika aniqlandi

09:14 / 05.04.2025
Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 1 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qildi

08:24 / 26.03.2025