Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari kengaydi
Yengil avtotransport vositalarida yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritiladi hamda ular ushbu faoliyat bilan litsenziya varaqasi asosida shug‘ullanishi belgilanadi.
“Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Yengil avtotransport vositalarida yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritiladi hamda ular ushbu faoliyat bilan litsenziya varaqasi asosida shug‘ullanishi belgilanadi.
2025 yil 1 apreldan soliq organlari xodimlari tomonidan ularga biriktirilgan korxonalarda yoki mahallalardagi tadbirkorlik sub’yektlarida belgilangan soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlanganda quyidagi tartib joriy etiladi:
🔹birinchi marta ogohlantirish;
🔹ogohlantirishdan so‘ng 3 kun muddatda soliqqa oid huquqbuzarlik bartaraf etilmagani yoki takroran aniqlangani sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazishga asos bo‘lishi;
🔹sayyor soliq tekshiruvini 24 soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibida amalga oshirishga ruxsat etish;
🔹sayyor soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha qaror qabul qilish uchun asos bo‘lib hisoblanishi.
Mavzuga oid

19:31 / 25.07.2025
Kasb egallash uchun internet orqali bepul videodarslar yo‘lga qo‘yiladi

15:11 / 21.07.2025
O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soni 5,5 milliondan oshdi

15:13 / 20.06.2025
«Oyiga 100 ming odamga xizmat qila oladi» – prezident Chiyal dehqon bozoridagi sharoitlarni yaxshilashga ko‘rsatma berdi

18:39 / 16.04.2025