Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida og‘ir kasallikka chalingan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
Ushbu fuqaro Umra amallarini ado etish maqsadida Saudiya Arabistoniga borganida insultga chalingan.

Foto: dunyo.info
Bosh konsulxona sa’y-harakatlari bilan Saudiya Arabistonining Makka shahrida insult kasalligini boshidan o‘tkazgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi.
Bosh konsulxona ma’lumotiga ko‘ra, Umra amallarini ado etish maqsadida Saudiya Arabistoniga borgan fuqaro B.M. insultga chalingani sababli King Abdulaziz Hospital kasalxonasiga davolash maqsadida yotqizilgan.
Bosh konsulxona qilingan murojaat asosida bemorning O‘zbekistonga qaytishi bilan bog‘liq barcha hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Fuqaro 27 fevral kuni O‘zbekistonga qaytib kelgan va u davolanishni Toshkentda davom ettirmoqda.
Avvalroq Tailandda og‘ir tan jarohati olgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ushbu fuqaro Pattayada mehmonxonaning 6-qavatidan tushib ketib, og‘ir jarohat olgan. Tibbiyot muassasasida davolanish davomida u 352 ming bat qarzdor bo‘lib qolgan edi.
Mavzuga oid

13:47 / 20.07.2025
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi

20:51 / 19.07.2025
Saudiya Arabistoni xorijliklarga ko‘chmas mulk sotib olish shartlarini yengillashtiradi

15:19 / 15.07.2025
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda

08:34 / 04.07.2025