Eron Yevropa bilan yadroviy masalalar bo‘yicha muzokaralarni tiklaydi
Eron TIV vakiliga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya yadroviy muzokaralarni davom ettirish kerak deb hisoblamoqda.

Foto: TASS
Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Ismoil Bekayi Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya yadroviy muzokaralarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi.
TIVda har hafta o‘tkaziladigan matbuot anjumanida u jurnalistlarning o‘z mamlakatini tashqi siyosat bo‘yicha dasturi va mintaqaviy jarayonlar to‘g‘risidagi savollariga javob qaytargan.
AQSh va Rossiya vakillari o‘rtasidagi muzokalarda Eron yadroviy muammosi muhokama qilindimi, degan savolga u quyidagicha javob berdi: «Tabiiyki, AQSh va Rossiya o‘rtasida ushbu masala bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmoqda, ammo muhimi, Eron yadroviy muammosi bo‘yicha qilinadigan har qanday ish Eronning fikrisiz amalga oshmaydi va rossiyalik do‘stlarimiz, albatta, biz bilan masalahatlashadi».
Shuningdek, Bekayi BAA Eron va AQSh o‘rtasida vositachilik qilishiga ham izoh berdi. «Ushbu masalalarning muhimligi inobatga olingan holda ko‘plab tomonlar uni hal etishda yordam berishga tayyorligini bildirdi. Shu bois mamlakatlar vositachilikni taklif qilishi tabiiy», deydi TIV vakili.
Matbuot kotibning ta’kidlashicha, Eronga nisbatan AQSh sanksiyalarining davom etishi dushmanlik belgisi sifatida ko‘riladi.
Shu bilan birga, Ismoil Bekayi Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya ishtirokida yadroviy bitim bo‘yicha muzokaralar jarayoni qay holatda ekaniga ham oydinlik kiritdi. «Mazkur muzokaralar davom ettiriladi. Ayni vaqtda biz muzokaralarning yangi raundi bo‘yicha maslahatlashuvlar olib bormoqdamiz. Biz va Yevropaning uchta davlati muzokaralarni kerak deb hisoblaymiz», — deydi TIV matbuot kotibi.
Avvalroq so‘nggi oylarda Xomanaiyga qattiqqo‘l siyosat tarafdorlari tomonidan bosim kuchaygani to‘g‘risida xabar berilgandi. 2024 yilda o‘nlab Eron parlamentariylari Milliy xavfsizlik oliy kengashini Islom Respublikasining yadro siyosatini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan edi.
Mavzuga oid

20:49 / 15.05.2025
Tramp AQSh va Eron yadro kelishuviga yaqin ekanini aytdi

12:18 / 15.05.2025
Eron AQSh ishtirokida uranni boyitish bo‘yicha konsorsium tuzishni taklif qildi

14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi

15:46 / 13.05.2025