FVVning yangi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Xurshid Sotiyev FV profilaktikasi bo‘yicha, Nuriddin Qodirov - kadrlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul bo‘ladi.

O‘zbekiston prezidentining qarori bilan Xurshid Sotiyev favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari — Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Xurshid Sotiyev FVV Shtab boshlig‘ining o‘rinbosari – qutqaruv kuchlarining xizmat va jangovar tayyorgarligini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Shuningdek, u turli yillarda Navoiy viloyati va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari boshlig‘i ham bo‘lgan. 2023 yilda «Mardlik» ordeni bilan taqdirlangan.
Prezident qarori bilan Nuriddin Qodirov favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

Nuriddin Qodirov Mudofaa vazirligi tizimida turli lavozimlarda xizmat qilgan, tayinlovga qadar Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, 25 fevral kuni prezident farmoni bilan bosh prokuror o‘rinbosari — harbiy prokuror Botir Qudratxo‘jayev favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlangan va unga general mayor harbiy unvoni berilgan edi.
Mavzuga oid

18:54 / 01.06.2025
FVV 7 magnitudali zilzila bo‘lishi haqidagi xabarlarni rad etdi

10:12 / 27.05.2025
Qamchiqda yuk mashinasi va Gentra xandaqqa tushib ketdi

21:32 / 19.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi

17:00 / 03.05.2025