O‘zgalar nomiga akkaunt ochib, ularning tanishidan pul undirgan talaba ushlandi
Jizzax shahridagi OTMdan birining talabasi o‘zga shaxslarni aldagani ma’lum bo‘ldi.

Foto: Videodan kadr
Viloyat IIB xabar berishicha, Sharof Rashidov tumanida yashovchi ushbu shaxs 2024 yilning dekabr oyida o‘zi ta’lim olayotgan oliygoh talabasi bo‘lgan g‘allaorollik tanishi nomiga Telegram akkaunt ochgan. Ushbu akkaunt orqali Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanida yashovchi, OTM talabasi bo‘lgan tanishidan 600 ming so‘m miqdorida qarz so‘raydi.
Pullarni boshqa shaxs nomidagi bank plastik kartasiga o‘tkazib olib, shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Ushbu shaxs ikki kun o‘tgan tumanning Yangihayot mahallasida yashovchi shaxs nomiga ham akkaunt ochib, mahalladoshini naqd pul olib borib berishga ko‘ndiradi.
Shartnoma uchun to‘lov qilish bahonasida uning kartasidan 1,5 mln so‘m boshqa kishi nomidagi plastik kartasiga o‘tkazib oladi.
Mavzuga oid

19:41 / 10.06.2025
Zominda sel tufayli avtomobil yo‘li yopilib qoldi

10:40 / 07.06.2025
Xorazm va Jizzaxda sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan zapravkalar aniqlandi

14:42 / 03.06.2025
Jizzaxda odamlarni kutilmagan usulda chuv tushirgan “metallolom”chi Kun.uz surishtiruvidan so‘ng qo‘lga olindi

17:03 / 22.05.2025