2,1 mlrd so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalangan korxona fosh etildi
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 2,1 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya
“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, holat “O‘zenergoinspeksiya” Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan.
Guliston shahrida joylashgan “S. J.” MChJ quvvati 176 kVt bo‘lgan elektr qurilmalari ulangan elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 2 milliard 130 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Mavzuga oid

20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

11:56 / 16.04.2025
Toshkentning ayrim hududlarida 4 kun davomida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi

12:07 / 08.04.2025
2,1 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatgan klinika aniqlandi

09:14 / 05.04.2025